Suriya sobiq prezidenti Başar Asad otasi Hofiz Asadning jasadi qabrdan çiqarib olindi va noma’lum joyga olib ketildi. Bu haqda Isroil matbuotiga tayanib Interfax xabar berdi. Xabarda qoldiqlarni aynan kim öğirlaganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq hukumatga qarşi namoyişlar çoğida Asad otasining maqbarasi tahqirlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bu safargi holat vandalizm emas, balki Asad oilasi tarafdorlari tomonidan Hofizning jasadini tahqirdan saqlab qolişga urinişi bölişi mumkin, deb hisoblamoqda.

Hofiz Asad 1930 yilda alaviy mazhabi vakillari yaşaydigan Lazqiya (Lataqiya) viloyatining Qordaha şahrida tuğilgan. U davlat töntarişi oqibatida hokimiyatga kelgan va 1971 yildan 2000 yil vafotigaça Suriya prezidenti bölgan.

Hofizning örnini tönğiç öğli Basil egallaşi kerak edi, biroq u 1994 yilda avtohalokatda vafot etdi. Şundan söng, Hofiz ikkinçi öğli Başarni öz vorisi etib tayinladi. U akasi vafotidan keyin Londondan Suriyaga qaytarildi.

Başar Asad Suriyani 2024 yil dekabrigaça boşqardi va 13 yildan ortiq davom etgan fuqarolar uruşida mağlubiyatga uçragaç, mamlakatni tark etdi. U Rossiyada qönim topdi.