Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Toşkent şahrida iş boşlagan «INNOPROM. Markaziy Osiyo» beşinçi xalqaro sanoat körgazmasiga taşrif buyurdi.
Körgazma Central Asian Expo Uzbekistan majmuasida ötkazilmoqda. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrdan ziyod. Unda Rossiya, Markaziy Osiyodagi qöşni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boşqa mamlakatlardan 10 mingdan ortiq delegatlar iştirok etmoqda.
Körgazmada maşinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, quriliş, IT va boşqa tarmoqlardagi yetakçi korxonalarning texnologik yeçimlari, zamonaviy uskunalari va tayyor sanoat mahsulotlari namoyiş etilmoqda.

Pavilonlar va ekspozitsiyalarni közdan keçiriş çoğida davlat rahbari iqtisodiy kooperatsiya uçun katta salohiyat va yangi biznes ğoyalar işlab çiqiş uçun yaxşi imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.
Forum yangi yirik loyihalarni ilgari surişga sur’at bağişlaşi, uzoq muddatli şeriklik aloqalarini rivojlantiriş va hududlararo hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.


Tadbir doirasida prezident Rossiya hukumati raisi birinçi örinbosari Denis Manturov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvlar ötkazdi. Rossiya prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi yakunida erişilgan kelişuv va bitimlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Tovar ayirboşlaşning ösiş sur’ati saqlanib qolmoqda, ikki mamlakat hududlarini faol jalb etgan holda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, kooperatsiya loyihalari va dasturlarini ilgari suriş, şu jumladan «Innoprom» forumi doirasida özaro muvofiqlaşgan yeçimlarni işlab çiqiş muhimligi ta’kidlandi.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uçraşuvda yetakçi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini va faol gumanitar almaşinuvni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.




















