Samarqand va Toşkent şaharlarida noqonuniy yöllar bilan xorijiy davlatlarga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilişiça, departamentning Samarqand şahri bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruvda «S.S» MÇJ ta’sisçisi O.O‘. va iş boşqaruvçisi S.R. ijtimoiy tarmoqda xorijiy davlatlarga işga yuborişlari haqida e’lon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga işga yuborişlari evaziga ularning jami 12,7 ming dollarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Şu kabi, departamentning Uçtepa tumani bölimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Ye.M. ismli şaxs fuqaro I.S. va uning 4 nafar tanişlarini 12 ming dollar evaziga Germaniya davlatiga borişi uçun viza olib berişini aytib, şundan 6 ming dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlar ötkazilmoqda.
Avvalroq Toşkentda ikki fuqaroni Meksika orqali AQŞga yuborişni va’da qilgan çet el fuqarosi uşlangani töğrisida xabar berilgandi.

















