Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi
Ta’kidlanishicha, deportatsiya qilinadigan fuqarolar taqdiri, xususan, ularga o‘zlari yuborilgan mamlakatda boshpana berilish yoki berilmasligi Qo‘shma Shtatlarni qiziqtirmaydi.
Donald Tramp ma’muriyati AQShdan chiqarib yuboriladigan migrantlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan davlatlarni qidirmoqda. Moldova shu kabi davlatlardan biriga aylanishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.
AQSh immigratsiya organlari bunday hamkorlik modeliga misol sifatida fevral oyida Panama bilan tuzilgan bir martalik kelishuvni ko‘rib chiqmoqda. Ushbu kelishuv shartlariga muvofiq Panama deportatsiya qilingan (asosan Yaqin Sharqdan kelgan) shaxslarni olib kelgan samolyotni qabul qilgan va ularning repatriatsiyasi bilan o‘zi mustaqil shug‘ullangan.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh hukumati Moldovadan tashqari, Liviya, Ruanda, Benin, Esvatini, Mo‘g‘uliston va Kosovoni ko‘rib chiqmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, AQSh rasmiy shartnoma tuzilishini majburiy shart deb hisoblamaydi. Bundan tashqari, deportatsiya qilinadiganlarning taqdiri, masalan, ularga boshpana beriladimi, repatriatsiya qilinadimi yoki yo‘q — bu Qo‘shma Shtatlarni qiziqtirmaydi.
AQSh yuqoridagi davlatlar biror bir moliyaviy mexanizm yoki prezident Trampdan siyosiy yordam evaziga migrantlarni qabul qilishga rozi bo‘lishlariga umid qilmoqda.
Donald Trampning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan biri noqonuniy migratsiyaga qarshi qat’iy kurash edi. Jumladan, Oq uyning amaldagi rahbari Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini tashkil etish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Hozirda AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tishlar soni so‘nggi o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketgan bo‘lsa-da, Tramp ma’muriyati deportatsiya sur’atlari nisbatan past darajada ekanidan norozi bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat sodir etgan yoki deportatsiya qarori chiqqan 1 million kishini chiqarib yuborish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026