Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan yana 11 nafar bola qaytdi
Ukraina hukumati Rossiya tomonidan bosib olingan mamlakat hududidan yana 11 nafar bola vatanga qaytgani haqida xabar berdi. 1,6 million ukrainalik bola Rossiya nazorati ostida qolmoqda.
Rossiyadan yana 11 nafar ukrainalik bolalar o‘z vatanlariga qaytishdi. Bu haqda 2 aprel, chorshanba kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.
«Qutqarilganlar orasida 10 va 12 yoshli ikki aka-uka ham bor, ularning otasi ukrainaparast pozitsiyasi uchun qiynoqqa solinganidan keyin vafot etgan. Uning o‘limidan so‘ng, onasi o‘g‘illari bilan vaqtincha ishg‘ol qilingan hududni tark etishga qaror qildi. 2 yoshli bola ham homilador onasi bilan birga evakuatsiya qilindi. Ayol Rossiya hujjatlarini olishdan prinsipial ravishda bosh tortgan va shuning uchun okkupatsiyadan mustaqil tarzda keta olmagan. Ukraina nazorati ostidagi hududda ayol boshqa farzandini dunyoga keltirdi», — deb yozgan Yermak.
Xuddi shu ma’lumotlar 2 aprel kuni Ukrainaning Bring Kids Back UA onlayn-platformasida e’lon qilindi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qaytib kelgan bolalar 2 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:35
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026