Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tarif siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
«Mening yo‘lim hech qachon o‘zgarmaydi. Bu har qachongidan ham boyib ketish uchun ajoyib vaqt!», deb yozdi Tramp.
AQSh prezidenti Donald Tramp xorij mahsulotlariga yangi bojlar joriy etilishi bilan bog‘liq siyosatidan chetlashmaslik niyatini tasdiqladi.
«Qo‘shma Shtatlarga keladigan va jiddiy pul sarmoya kiritayotgan barcha investorlarga aytaman: Mening yo‘lim hech qachon o‘zgarmaydi. Bu har qachongidan ham boyib ketish uchun ajoyib vaqt!», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Bundan tashqari, Tramp Xitoyning 4 aprel kuni e’lon qilgan javob tariflarini ham tilga oldi.
«Xitoy vahima bilan noto‘g‘ri qildi va bu ularning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydigan yagona narsa», dedi AQSh prezidenti.
Tramp 3 aprel kuni AQSh tashqi savdo hamkorlariga nisbatan «o‘zaro» bojlar joriy etilishini e’lon qildi (ro‘yxatga jami 185 davlat kiritilgan). Bojlarning minimal bazaviy darajasi 10 foizni tashkil qiladi, biroq bir qator mamlakatlar uchun bojlar alohida hisoblanadi. Masalan, Xitoy uchun bojlar 34%, Yevropa Ittifoqi uchun - 20%, Yaponiya uchun - 24% bo‘ladi.
Bu qaror Amerika fond bozorida pandemiyadan buyon kuzatilmagan keskin qulashga olib keldi. Bir soatdan kamroq vaqt ichida eng yirik kompaniyalar aksiyalari 2 trln dollarga arzonlashdi.
4 aprel kuni Xitoy hukumati AQSh tovarlariga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar joriy etishga qaror qilgani haqida xabar berildi. Ushbu chora-tadbirlar 10 apreldan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026