Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning AQSh bojlariga javobi fond bozorlaridagi pasayishni davom ettirdi
Xitoyning AQSh bojlariga munosabati investorlarning mamlakatlar AQSh bilan muzokara o‘tkazishdan ko‘ra o‘zaro choralar ko‘rishi, bu esa keng ko‘lamli savdo urushiga olib kelishi haqidagi xavotirlarini kuchaytirgan.
Xitoyning AQSh tovarlariga 34 foizlik boj joriy etishini e’lon qilgani haqidagi xabar ortidan AQSh fond indekslari pasayishni davom ettirdi.
Dow Jones indeksi 2,2 foiz pasayish bilan ochildi, S&P 500 2,5 foizga va NASDAQ 2,6 foizga quladi. Tesla va Apple aksiyalarining har biri 6 foizga arzonladi, Alphabet, Microsoft, Nvidia va boshqa yirik texnologiya kompaniyalari aksiyalari narxi ham pasaymoqda.
Aktivlar bo‘yicha Amerikaning eng yirik banki JPMorgan Chase aksiyalari 7,3 foizga, Goldman Sachs va Morgan Stanley aksiyalari ham shunday darajada pasaydi.
Yirik neft kompaniyalari aksiyalari ham pasaymoqda: Exxon 4,8 foizga, Chevron 4 foizga. Qo‘shma Shtatlarning eng yirik neftni qayta ishlash zavodi Marathon Petroleum aksiyalari 4,6 foizga arzonlashdi.
Xitoyning AQSh bojlariga munosabati investorlarning mamlakatlar AQSh bilan muzokara o‘tkazishdan ko‘ra o‘zaro choralar ko‘rishi, bu esa keng ko‘lamli savdo urushiga olib kelishi haqidagi xavotirlarini kuchaytirgan.
Bir kun oldin, Tramp boshqa mamlakatlarga yangi import bojlari joriy qilishi to‘g‘risidagi xabardan keyin butun dunyo bo‘ylab kompaniyalarning umumiy bozor kapitallashuvi allaqachon 3,1 trillion dollarga kamaydi. Shuningdek, asosiy fond indekslari 5-6% yo‘qotdi.
Mavzuga oid
22:03 / 03.06.2026
Netanyahu Tramp bilan bo‘lgan bahsni oilaviy kelishmovchilikka qiyosladi
09:20 / 03.06.2026
Trampning yaqin ittifoqchisi Milliy razvedkaga rahbarlik qiladi
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
20:29 / 02.06.2026