Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi
Mamlakat prezidenti Isroil qo‘shinlari mamlakatni tark etishi uchun AQShni Tel-Avivga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Livan prezidenti Jozef Aun mamlakat hukumati Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchi joylashtirishini ma’lum qildi. Aunning so‘zlariga ko‘ra, bu Livan janubiy qismida nazorat o‘rnatish uchun kerak.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatning ayrim hududlarida Isroil armiyasi borligi hukumat uchun vaziyatni juda qiyinlashtirmoqda. U Qo‘shma Shtatlarni Tel-Aviv o‘z qurolli kuchlarini Livan hududidan olib chiqib ketish uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.
NNA xabariga ko‘ra, Jozef Aun Livan «Hizbulloh»ni qurolsizlantirishga erishish va uning jangovar bo‘linmalarini mintaqa janubidan chiqarish niyatida ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga uning qayd etishicha, ushbu partiya «Livaning bir qismi» hisoblanadi va hukumat inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish doirasida u bilan muloqotni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 27 noyabr kuni Livan va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgan bo‘lib, uning doirasida isroillik harbiylar 60 kun ichida Livan janubidagi egallangan hududlardan chiqib ketishi kerak edi. Ammo Isroil tomoni Livan armiyasi mintaqaga «to‘liq joylashmaganini» ma’lum qilib, hududni tark etish muddatini 18 fevralga qadar uzaytirgan. Mart oxirlarida esa Isroil Livanga kuchli havo hujumlari seriyasini amalga oshirdi. Bunga ushbu mamlakat hududidan Isroilga bir nechta raketa uchirilgani sabab qilib keltirilgan.
Mavzuga oid
11:00
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:30 / 08.06.2026