Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Lavozimdan olingan vitse-admiral Shoshana Chatfild AQSh Harbiy-dengiz kollejini boshqargan birinchi ayol hisoblanadi.

Foto: Getty images
Pentagon rahbari Pit Hegset AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi doimiy vakili vitse-admiral Shoshana Chatfildni lavozimdan oldi. Bu haqda Amerika harbiy idorasining rasmiy vakili Shon Parnell ma’lum qildi.
Pentagon vakilining bayonotida aytilishicha, Pit Hegset AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vitse-admirali Shoshana Chatfildni «uning boshqaruv qobiliyatiga bo‘lgan ishonch yo‘qolgani» sabab Qo‘shma Shtatlarning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakili lavozimidan bo‘shatgan.
Shoshana Chatfild NATOning harbiy siyosat va strategiyalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiquvchi oliy harbiy organida faoliyat yuritib kelayotgan edi. AFP ma’lumotlariga ko‘ra, u mazkur lavozimni 2023 yilda egallagan.
Chatfild ishdan olingani to‘g‘risida oldinroq Reuters va The Washington Post ham xabar bergandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vitse-admiral o‘tgan dam olish kuni lavozimdan olingani to‘g‘risida xabardor qilingan. Reuters Shoshana Chatfild — AQSh Harbiy-dengiz flotida uch yulduzga loyiq ko‘rilgan kam sonli ayol ofitserlardan biri va Harbiy-dengiz kollejini boshqargan birinchi ayol ekani haqida yozgan edi. U armiyada ayollar ham erkaklar kabi xizmat qilishda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi uchun kurashib kelgan.
Avvalroq Donald Tramp ma’muriyati bir nechta yuqori martabali harbiy xizmatchilarni lavozimdan olgandi. Ular orasida mudofaa vazirining katta yordamchisi general-leytenant Jyennifer Short, Harbiy-dengiz kuchlari admirali Liza Franketti, shuningdek, sohilni qo‘riqlash xizmati komendanti admiral Linda Fegan ham bor. Fevral oyida Donald Tramp Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Charlz Braunni iste’foga jo‘natgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43
-
Tramp: Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
Jahon | 22:32
-
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
Jamiyat | 22:09
-
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi
O‘zbekiston | 22:04
Mavzuga oid

12:03 / 22.04.2025
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV

19:41 / 18.04.2025
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda

21:39 / 17.04.2025
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

20:56 / 08.04.2025