DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Videodan kadr
Unda, Marg‘ilon shahrida yashovchi shaxs Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan 1 kg 524 gr “gashish” giyohvandlik vositasini 240 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Yozyovon tumanida qayd etilgan holatda, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshloq tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, transport vositasi saloniga yashirib qo‘yilgan 799 dona “Zardeks” va 40 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1679 dona “Zardeks” va 48 dona “Tropikamid” hujjatlashtirib olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaqin aloqasi, Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi shaxsning Farg‘ona shahridagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 2239 dona “Lirika” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida, ushbu dori vositalarini Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro Qirg‘izistondagi noma’lum shaxslardan qabul qilib olganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.
Xizmatning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqand-Xorazm” yo‘nalishida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi - Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro hamda uning sherigi o‘zaro til biriktirib, Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 802 gr “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Urganch shahrida kuzatilgan holatda, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi shaxs va Urganch shahrida yashovchi fuqaro o‘zaro kelishgan holda 499 gr “opiy” va 12 gr “geroin” giyohvandlik vositalarini 11 500 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.
Shuningdek, ulardan birining yashash xonadoni yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganda, unda 351 gr “opiy” moddasi borligi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hazorasp tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 989 gr “opiy” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09 / 17.04.2025
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07 / 17.04.2025
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40 / 17.04.2025
Mavzuga oid

08:07 / 10.04.2025
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

11:54 / 28.03.2025
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

10:32 / 28.03.2025
Toshkentda 4 ta maktabning futbol maydonini ijaraga olib bermoqchi bo‘lgan bog‘cha rahbari ushlandi

11:50 / 25.03.2025