Tramp bojlar AQShga muammo keltirishi mumkinligini tan oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp vazirlar mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvda yangi savdo siyosatiga o‘tish jarayonida AQSh ba’zi muammolarga duch kelishi mumkinligini tan oldi, deb xabar bermoqda ABC News.

Foto: Sky News
Shunga qaramay, Trampning ta’kidlashicha, o‘tish davrida yo‘qotishlar bo‘ladi, muammolar ham bo‘ladi, ammo pirovard natijada hammasi ajoyib bo‘ladi.
«Biz uzoq yillar ilgari amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishni qayta boshlayapmiz. Biz buni nazoratsiz qoldirdik va ayrim davlatlarga bizning hisobimizdan boyish imkonini berdik», — degan Tramp.
U bunday holatni yana takrorlashga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Trampning aytishicha, yangi bojlar joriy etilgandan so‘ng, AQSh kuniga taxminan 3,5 mlrd dollar ishlayapti.
Tramp bundan oldin 75 dan ortiq davlatlar savdo bo‘yicha murosalar haqida muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, ushbu davlatlar uning «jiddiy tavsiyasi»ga quloq tutgan holda javob choralaridan voz kechgan. Shu sababli ularga nisbatan 50 foizgacha yetishi mumkin bo‘lgan yuqori bojlar o‘rniga vaqtincha 10 foizlik stavka qo‘llanadi. Trampning ta’kidlashicha, u «zarar yetkazish lozim bo‘lmagan va muzokara olib borishni istovchi» davlatlarga zarar yetkazmoqchi emas.
Shu sababli u barcha davlatlar uchun import bojlarining oshirilishini 90 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror chiqardi, faqatgina Xitoydan tashqari.
Shu hafta boshida Tramp Xitoydan keladigan importga jami 104 foizga teng bojlar joriy etdi. Buning ortidan Pekin AQSh tovarlariga bojlarni 84 foizgacha oshirdi. Javob tariqasida Tramp Xitoyga nisbatan bojlarni 125 foizgacha ko‘tardi.
Keyinchalik Oq uyda aniqlanishicha, Xitoy uchun bojlar stavkasi «amalda 145 foizni» tashkil qilmoqda: bu stavka boshlang‘ich 10 foiz, fentanil narkotigi yetkazib berishga ko‘makda ayblovlar bilan bog‘liq yana 10 foiz va javob tariqasida joriy etilgan 125 foizlik bojlardan iborat.
Pekin esa bunday vaziyatda «qo‘l qovushtirib o‘tirmasligini» va Vashington bilan boj urushida ishtirok etishdan qo‘rqmasligini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

13:27 / 12.05.2025
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

21:52 / 11.05.2025