Jamiyat | 10:49 / 14.04.2025
3245
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi yolg‘on ish takliflaridan ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz

So‘nggi paytlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyada yuqori maoshli ish taklif qilib (asosan fuqarolarning tanish-bilishlari orqali), ularni aldash holatlari ko‘paymoqda.

Ushbu shaxslar ishga joylashish, uy-joy va qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarni og‘ir ahvolga solmoqda.

Agar noqonuniy mehnat faoliyati boshlansa yoki firibgarlar tomonidan aldanilsa, quyidagi muammolarga duch kelish mumkin:

  • ish haqi va’da qilinganidan ancha kam to‘lanishi yoki umuman berilmasligi;
  • ish sharoitlari og‘ir yoki yomon bo‘lishi;
  • ish beruvchi tomonidan noqonuniy ekspluatatsiya va haqorat;
  • Turkiyada noqonuniy mehnat qilish oqibatida deportatsiya va jarimalar;
  • Turkiyaga kelgandan so‘ng, aeroportda kutib olish va’da qilinib, pul o‘zlashtirilgandan keyin vositachining g‘oyib bo‘lishi.

Yuqoridagi holatlarda vatandoshlar va ish taklif qilgan shaxslar o‘rtasida hech qanday rasmiy hujjat mavjud bo‘lmagani sababli firibgarlarni javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi.

Turkiyada ishlash uchun chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnoma — ish ruxsatnomasiga (Çalışma İzni) ega bo‘lishlari shart.

Mavzuga oid