«Millionlab qurbonlar – uch kishi tufayli» – Tramp Ukrainadagi urushda Putinni ham aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada urush boshlanishida yana bir bor Volodimir Zelenskiyni aybladi, uning yaqinda Rossiyada bo‘lgan maxsus vakili Stiven Uitkoff esa Vladimir Putin bilan muzokaralari mazmuni haqida gapirdi. Shu bilan birga, Zelenskiyning o‘zi Moskvani tinchlikka erishishni istamaslikda aybladi va bosim bo‘lmasa, ruslar eskalatsiyaga borishdan qaytmasligini aytdi.

Foto: EPA
Tramp Oq uyda Salvador prezidenti Nayib Bukele bilan uchrashuvda Ukrainadagi urush mavzusida gapirdi.
Jurnalistlardan biri AQSh prezidentidan Rossiyaning Sumi shahriga 30 dan ortiq odam halok bo‘lishi va 100 dan ortiq kishi jarohatlanishiga olib kelgan raketa zarbasini «xatolik» deb ataganida nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritishni so‘radi.
AQSh prezidenti «urush boshlanishiga yo‘l qo‘yish xato bo‘lgani»ni ta’kidlagan. «Bayden urushni to‘xtatishi mumkin edi. Zelenskiy ham uni to‘xtatishi mumkin edi. Putin esa umuman boshlamasligi kerak edi. Barchasi aybdor… Millionlab odamlar uch kishini deb halok bo‘ldi. Deylik, Putin — birinchi raqamli aybdor, jin urgur, hech narsani tushunmaydigan, nima qilganini bilmagan Bayden — ikkinchi raqamli. Va Zelenskiy», – degan Tramp.
Tramp odatdagidek mubolag‘a qildi: garchi har ikki tomondan halok bo‘lganlarning aniq soni noma’lum bo‘lsa-da, turli hisob-kitoblar qurbonlar soni millionlab emas, balki o‘n minglab yoki yuz minglab ekanini ko‘rsatadi.
Shuningdek, Trampdan Volodimir Zelenskiyning Kiyevga Ukraina shaharlarini Rossiya raketa zarbalaridan himoya qilishda ham foydalaniladigan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarini sotish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqishga qanchalik tayyorligi so‘ralgan.
«Menga qarang, urush boshlaganingizda, siz g‘alaba qozonishingiz mumkinligini bilishingiz kerak, to‘g‘rimi? O‘zingizdan 20 barobar katta kimgadir qarshi urush ochib, keyin sizga raketa berishlariga umid qilmaslik kerak», – deya javob berdi AQSh prezidenti.
Trampning bu so‘zlari ko‘plab ukrainlarni hayratda qoldirdi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina mavzusida yozib boradigan jurnalistlar va ekspertlarning qator postlari uning shu so‘zlariga bag‘ishlandi.
«Qo‘limdan keladigan yagona narsa – uni to‘xtatishga urinish. Men qotillikni to‘xtatmoqchiman. O‘ylaymanki, bu borada hammasi joyida. O‘ylaymanki, yaqin orada sizda yaxshi takliflar bo‘ladi», – deya xulosa qildi Tramp.
Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida Ukrainaga qarshi urush haqida «Putin hatto o‘ylamagani»ni, Jo Bayden esa «neft narxini pasaytirish» orqali urushni to‘xtatishi mumkin bo‘lgani, ammo bunday qilmaganini yana bir bor ta’kidladi.
Jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Amerika rahbari Rossiya uchun «o‘t ochishni to‘xtatishning oxirgi muddati»ni belgilaganini tasdiqladi, biroq bu safar ham aniq sanani aytmadi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashington «bir necha oy emas, balki bir necha hafta ichida» Moskva haqiqatan ham tinchlikka intilyaptimi yoki yo‘qmi, degan xulosaga kelishini aytgandi.
«Moskvadagilar qo‘rqmayapti»
O‘z navbatida, Volodimir Zelenskiy Rossiya tinchlikni istamasligini yana bir bor ta’kidladi, Ukraina esa AQSh bosimi ostida bir oydan ko‘proq vaqt oldin o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lgandi.
Zelenskiy dushanba kuni kechqurun, ya’ni Trampning Oq uydagi navbatdagi nutqidan oldin ukrainlarga murojaatida yana bir bor Moskvaga ko‘proq bosim o‘tkazishga chaqirdi.

«Buning sababi bitta: Moskvadagilar qo‘rqishmaydi. Va agar Rossiyaga yetarlicha kuchli bosim bo‘lmasa, ular bundan keyin ham o‘zlari o‘rganib qolgan narsani qilishadi: urushni davom ettirishadi», – dedi Zelenskiy.
Bu haqda u yaqinda Amerikaning CBS News telekompaniyasiga bergan intervyusida ham gapirgandi.
Zelenskiyning so‘nggi murojaatining bir qismini go‘yoki urushni aynan Ukraina boshlagani haqidagi da’volarga javob sifatida ham talqin qilish mumkin.
«Biz nafaqat tezkor tinchlikka tayyormiz, aytishim mumkinki, Ukraina bir soniya ham urush xohlamagan. Urush yakunlangach, dunyo bu nima bo‘lganini aniq biladi, chunki Rossiya tajovuzkor sifatida tinchlikka majbur qilinad. Ukraina tuprog‘iga 2014 yilda, 11 yil oldin kelgan bosqinchi sifatida. Va bu yana yillar davom etmasligi hamma uchun muhimdir», – dedi Ukraina prezidenti.
Rossiya tomoni Ukraina o‘z armiyasiga safarbarlikdan voz kechsa va G‘arbdagi ittifoqchilari Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa, sulhga rozi bo‘lishi mumkinligini aytgan. Ukraina va G‘arbning aksariyat davlatlari bunday talablarni nomaqbul deb atagan, chunki ular Ukrainaning pozitsiyasini sezilarli darajada zaiflashtiradi va uni Rossiya tajovuziga qarshi himoyasiz qoldiradi.
Uitkoff «besh hudud» haqida gapirmoqda
Bu orada Trampning Rossiya bilan muzokaralardagi maxsus vakili Stiven Uitkoff Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar mazmuni haqida gapirib berdi.
O‘tgan haftaning juma kuni Uitkoff Sankt-Peterburgga borgan va so‘nggi oylarda uchinchi marta Rossiya prezidenti bilan uchrashgandi. Kremlning xabar berishicha, muzokaralar to‘rt soatdan ko‘proq davom etgan va «Ukrainadagi mojaroni hal qilish»ga bag‘ishlangan.
Uitkoff Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ehtimoliy kelishuvning konturlari ko‘rina boshlaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida AQSh nihoyat Rossiya tomonining «doimiy tinchlik» o‘rnatish bo‘yicha talablari qanday ekanini aniqlagan.
«Bu tinchlik kelishuvi ushbu beshta hududga taalluqli, ammo bundan ham ko‘proq jihatlar bor. Bular xavfsizlik protokollari, NATO va beshinchi modda [NATO Ustavi] yo‘qligi – u yerda ko‘plab detallar mavjud», degan Uitkoff.
Uitkoff Vashingtonda Putinning talablari haqida endigina tasavvur hosil bo‘lganini aytayotgan bo‘lsa-da, Rossiya urushni to‘xtatish uchun shartlarini ko‘p marta bayon etgandi.
Xususan, Moskva Ukrainadan NATOga a’zo bo‘lish niyatidan bosh tortish va Rossiya qo‘shib olmoqchi bo‘lgan hududlaridan voz kechishni talab qilgan.
Yevroittifoq va NATOga qo‘shilish istagi Ukraina konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan, biroq Kiyev o‘z xavfsizligini ta’minlashning boshqa variantlarini ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, Ukraina va uning G‘arbdagi ittifoqchilari Rossiyaning mamlakat hududlarini bosib olishiga hech qachon rozi bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Avvalroq Uitkoff o‘z intervyularida Rossiya propagandasining Ukraina oblastlari RF tarkibiga qo‘shib olinishini «asoslaydigan referendumlar» haqidagi ba’zi da’volarini takrorlagandi.
Tramp ma’muriyatidagi farqli fikrlar
Shu bilan birga, bir kun avval Wall Street Journal gazetasi yozganidek, Tramp ma’muriyatida hozircha Rossiya bilan munosabatlarni qanday qurish bo‘yicha yakdil fikr yo‘q.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bir qator amaldorlar, jumladan, davlat kotibi Marko Rubio va Ukraina bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellog Trampga Putin bilan munosabatlarda ehtiyotkorroq bo‘lishni va Moskvaning Kiyev tomonidan hududiy yon berishlar haqidagi talablariga qat’iyroq munosabatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda.
Biroq, WSJ manbalariga ko‘ra, Tramp hozircha Putinning Ukrainada tinchlik o‘rnatish istagiga ishongan Uitkoffning yondashuviga ko‘proq qo‘shiladi.
Davlat departamentining sobiq yuqori martabali xodimi Deniyel Frid AQSh Davlat departamenti va Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish variantlarini tayyorlayotganini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bunga faqat «Putin Trampni to‘ydirib yuborganida» qo‘l uriladi.
WSJ gazetasining Kongressdagi manbasi xabar berishicha, 1 aprel kuni senator Lindsi Grem va boshqa qonunchilar Rossiyaning neft va energetika eksportiga qarshi qaratilgan qonun loyihasini taqdim etgan. Shu bilan birga, jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, Oq uy bunday takliflarni ortga surishni so‘ragan, chunki Rossiya bilan kelgusi muzokaralarda qo‘shimcha kuzirlarni saqlab qolishni xohlashgan.
Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga shoshilmayapti, harbiy harakatlarni davom ettirib, vaqtdan yutish va muzokaralarda qulayroq pozitsiyaga erishishga harakat qilmoqda, deya qayd etadi WSJ.
Tramp esa Kreml bilan munosabatlarni yaxshilashga umid qilmoqda va hozircha Rossiya neftiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish haqidagi tahdidini amalga oshirmadi, biroq vaqti-vaqti bilan Rossiya rahbariga nisbatan sabrsizlikni his qilmoqda, deyiladi nashr materialida.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

22:32 / 23.04.2025
Tramp: Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

21:29 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi

14:20 / 23.04.2025