Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-2 qavatli uylar qurilishi bo‘yicha xususiy sektor nazorati o‘rnatiladi
1 iyuldan boshlab balandligi 2 qavatdan, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan oshmaydigan yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino-inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari xususiy sektor nazoratiga topshiriladi. Xususiy qurilish nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmaganda, obekt foydalanishga qabul qilinmaydi.
“Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 iyuldan:
🔹yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan olib boriladi;
🔹xususiy qurilish nazorati obektlarida qurilish yakuniga yetgandan so‘ng loyihachi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida xulosa shakllantiriladi va buyurtmachiga taqdim etiladi;
🔹qurilishi tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi;
🔹xususiy qurilish nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmaganda obektlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.
Quyidagilar xususiy qurilish nazorati obektlari hisoblanadi:
▪️2 qavatdan yuqori bo‘lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
▪️qurilish hajmi 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlar hamda yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yil 1 martdan boshlab 2 qavatdan yuqori shaxsiy uylar qurilishida qurilish inspeksiyasi nazorati o‘rnatilgan edi.
Mavzuga oid
11:58 / 01.07.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar soni avval aytilgan rasmiy raqamlardan ancha kamligi ma’lum bo‘ldi
11:36 / 23.06.2026
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026