Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi
Almazbek Atambayev kriminal avtoritet Batukayev ishi bo‘yicha aybdor deb topildi, ammo da’vo muddati o‘tganligi tufayli jazodan ozod etildi.

Foto: Sputnik
17 aprel kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan «qonunga bepisand o‘g‘ri» deb atalmish Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.
Atambayev Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi («Korrupsiya») bo‘yicha aybdor deb topildi, biroq da’vo muddati o‘tganligi sababli jazodan ozod etildi.
Aziz Batukayev 2006 yilda koloniyalardan birida ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlikda ayblanib, salkam 17 yilga qamalgan edi. To‘polon chog‘ida deputat Tinichbek Akmatboyev, Jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Iqmatulla Po‘latov va parlamentning ikki xodimi halok bo‘ldi. 2013 yilda Batukayevga qon saratoni kechki bosqich tashxisi qo‘yilgan tibbiy komissiya xulosasidan so‘ng ozodlikka chiqarildi. U zudlik bilan mamlakatni tark etib, Chechenistonga, tarixiy vataniga jo‘nab ketdi. Tez orada tibbiy hujjatlar qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi, ammo Qirg‘iziston rasmiylari Batukayevning ekstraditsiya qilinishiga erisholmadi.
Almazbek Atambayev 2011-2017 yillarda Qirg‘iziston prezidenti lavozimida ishlagan, hokimiyat Sooronbay Jyeenbekovga o‘tganidan keyin ularning munosabatlari yomonlashgan va Atambayev muxolifatga o‘tgan. 2019 yilda uning daxlsizligi olib tashlangan va u bir qancha jinoyatlarda ayblandi.
Atambayev 2020 yil iyun oyida Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilishda aybdor deb topilib, mulkini musodara qilish va davlat mukofotlaridan mahrum qilish bilan 11 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2023 yil 13 fevralda Qirg‘iziston Oliy sudi yangi ochilgan holatlar tufayli hukmni bekor qildi va ertasi kuni Atambayevga xorijga chiqishga ruxsat berildi.
2023 yil 14 fevral kuni u koloniyadan ozod qilindi va davolanish uchun chet elga uchib ketgan edi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
Fan-texnika | 18:33
-
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 18:19
-
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi
Sport | 18:18
-
«Xaqiqat so‘rayman» – klip syomkasida aktrisani «Gelik» bosib ketgani yuzasidan sud boshlandi
Jamiyat | 18:06
Mavzuga oid

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025