Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Vazirlar Mahkamasi o‘tgan yili qaror chiqarib, 7 xil tovarlar, xususan bolalar uchun tagliklarni “xavf darajasi yuqori” deb tasniflagan va ularga nisbatan majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish talabini kiritgan edi. Buning ortidan tagliklar importi keskin qisqarib, ayrim mahsulotlarni do‘konlardan topib bo‘lmay qoldi. Davlat rahbari 15 noyabrdan amal qila boshlagan tartibni bekor qilishga topshiriq berdi.

Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 18 aprel kungi selektorda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Xavf darajasi yuqori” mahsulotlar deganda, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil avgustdagi qarorida (hujjat 15 noyabrdan kuchga kirgan) sanab o‘tilgan quyidagi 7 xil tovarlar tushuniladi:
- bolalar uchun so‘rg‘ichlar;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bosh kiyimlar;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kiyim-kechak — pijama, ichki shim, pantalon, issiq ko‘ylak, ichki ko‘ylak, mayka, taglik, qalpoqcha, slayder, kalta ko‘ylak, ichki kiyim, tugmasiz yaktakcha;
- paypoqli ishtonchalar (kolgotka), paypoqlar, uzun paypoq (chulki) va yarim uzun paypoqlar (yarim chulki) hamda shunga o‘xshash 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlari;
- namlikni yutuvchi materiallar (tagliklar), shuningdek, gigiyenik paxta tayoqchalar (burun va quloqni tozalashga) va bolalar uchun mo‘ljallangan shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqatlantirish uchun idishlar;
- tish cho‘tkalari.
Qaror bilan, bu tovarlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilangan edi.
Bu tartib fonida, bolalar uchun tagliklar importi qisqargan, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim turdagi tagliklar do‘konlarda qolmagani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Kun.uz suhbatlashgan tadbirkor buni “byurokratiya va sun’iy to‘siqlar bilan raqobatni cheklash” deb atagandi. Texnik tartibga solish agentligi esa tagliklarni tekshirish bilan nechta sertifikatlash markazi shug‘ullanayotganidan bexabarligini bildirgan.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida ayollar va bolalar uchun gigiyenik prokladka va tagliklar importi 3385 tonnani tashkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri (5796 tonna) bilan taqqoslaganda, 2411 tonnaga yoki 1,7 barobarga kam.
Amaliyot qaysi sanadan e’tiboran rasman to‘xtatilishi ma’lum emas.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Jahon | 23:26 / 30.05.2025
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54 / 30.05.2025
-
30 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:30 / 30.05.2025
-
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?
Jamiyat | 22:30 / 30.05.2025
Mavzuga oid

13:21 / 28.05.2025
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

17:23 / 20.05.2025