Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kellogg AQShning Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi ehtimoli haqida fikr bildirdi
AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg prezident Tramp tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan charchaganini aytdi.
Foto: Lamkey Rod/ CNP/ ABACA
AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg Fox News telekanalida chiqish qilib, davlat kotibi Mark Rubio so‘zlariga izoh berdi. Avvalroq, davlat kotibi prezident Donald Tramp sabr-toqatini yo‘qotayotgani va Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayonidan chiqishi mumkinligi haqida aytgan edi.
Prezidentning maxsus vakili bu so‘zlar ancha ta’sirli bo‘lganini aytdi.
«Chunki biz sodir bo‘layotgan voqealardan charchadik. Dunyoda AQSh ishtirok etishi kerak bo‘lgan boshqa ko‘plab muammolar bor va bu urush juda uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Lekin menimcha, urushni tugatishga imkoniyat bor», dedi Kellogg.
U kelasi hafta Londondagi uchrashuvda «juda yaxshi natijalar» bo‘lishi mumkinligini aytdi. Trampning maxsus vakili keyingi hafta Amerika prezidenti jamoasi Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Londonga borishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Mark Rubio Vashington «yaqin kunlarda» muzokaralarda hech qanday taraqqiyot yo‘qligini ko‘rsa, Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlardan voz kechishga tayyorligini aytgan edi.
Tramp ham Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolash urinishlaridan voz kechishi mumkinligini tan oldi, ammo buning qanday amalga oshishi bo‘yicha aniq shartlarni aytmadi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
08:43 / 16.05.2026