Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
Janjalga armanlar genotsidini inkor etganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘ldi.
Armaniston parlamentida hukmron «Fuqarolik kelishuvi» partiyasi va muxolif «Armaniston» fraksiya deputatlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi, deb yozadi News.am.
Qayd etilishicha, janjalga armanlar genotsidini inkor etganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Barchasi parlament spikeri Alen Simonyanning tortishuvidan boshlangan. «Armaniston» deputatlarining e’tiroziga javoban u o‘z o‘rinlaridan turib gapirmaslikni talab qilgan.
«O‘tiring, siz ham o‘tiring, bu bolalar bog‘chasi emas, tinchlaning. Nima desalaring ham, javob bitta», — degan Alen Simonyan.
Shundan keyin deputatlar bir-birini turtishni boshlagan. Janjalga boshqa partiyalarning vakillari ham qo‘shilgan. Yig‘ilishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiyasi o‘chirib qo‘yilgan, spiker 20 daqiqalik tanaffus e’lon qilgan.
Armanistonda 24 aprel arman genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni. Bugun «Armaniston» partiyasi deputatlari genotsidni inkor etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga qo‘yishni rejalashtirgan edi.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026