Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi
Kuchli superkompyuterlarni yaratish uchun mamlakatga so‘nggi avlod H200 chiplari olib kelinadi.
Qozog‘istonga uch oy ichida 64 ta Nvidia superkompyuter klasteri olib kelinadi. Bu haqda raqamli taraqqiyot, innovatsiya va aerokosmik sanoat vitse-vaziri Kanish Tuleushin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonga allaqachon Nvdia chiplarining birinchi partiyasi olib kelingan.
«Ularning narxi qimmat emas, aniq summani ayta olmayman. Ammo quvvati jihatida u qadar kuch emas. Bu birinchi navbatda, olishga ruxsat berilganlaridan, shuning uchun biz kichikroq modellarni unda sinash maqsadida bu imkoniyatdan foydalandik», — deydi vazir o‘rinbosari.
Qayd etilishicha, endi vazirlik nisbatan kuchli superkompyuterlarni yaratish uchun so‘nggi avlod H200 chiplarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
«Yaqin 3-4 oy ichida ular Qozog‘iston hududiga olib kelinib, o‘rnatilishini kutyapmiz. Narxi — 40-50 million dollar atrofida. Bu 64 ta klaster bo‘lgani uchun chiplari soni ko‘p. Ular barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi data-markazimiz bazasiga o‘rnatiladi», — deydi Tuleushin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabrida Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etgandi. 5 kubitli turk kvant kompyuteri allaqachon optimallashtirish, kriptografiya, molekulyar modellashtirish va sun’iy intellekt kabi sohalarda o‘z potensialini namoyish etib ulgurgan.
Mavzuga oid
13:31
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026