Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
XXR yetakchisi Si Jinping yong‘in sababini tezroq aniqlashni talab qilib, barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Foto: AP
Xitoyning Lyaoyan shahridagi restoranlardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Xinhua agentligi.
Qayd etilishicha, 29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 larda Lyaonin provinsiyasi Lyaoyan shahridagi restoranlarning birida yong‘in chiqqan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa joyiga tezkor harakatlanish guruhini yuborgan.
Lyaoyan shahri va Lyaonin provinsiyasi rasmiylari qutqaruv ishlari uchun kerakli kuchlarni jalb etgan.
XXR yetakchisi Si Jinping murojaat yo‘llab, yaqinlashib kelayotgan 1 may bayrami arafasi bunday holatlarga qarshi turish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. U yong‘in sababini tezroq aniqlashni talab qilib, barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, 8 aprelga o‘tar kechasi Dominikan poytaxtidagi Jet Set klubining tomi qulab tushgan edi. Hodisa oqibatida 218 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, 189 kishi jarohat olgandi.
Mavzuga oid
09:34
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026