Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI olimlarni jalb qilish uchun 500 mln yevrolik rag‘batlantirish dasturini ishga tushiradi
Rag‘batlantirish paketi Donald Trampning AQShdagi universitetlar va tadqiqot markazlarini moliyalashtirishni qisqartirish borasidagi siyosati fonida e’lon qilinmoqda.

Foto: REUTERS
Yevropa Ittifoqi butun dunyo bo‘ylab olimlarni jalb etishga yo‘naltirilgan 500 million yevrolik rag‘batlantirish paketini ishga tushirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Parijda o‘tkazilgan «Ilm-fan uchun Yevropani tanla» konferensiyasida ma’lum qildi.
«Yevropa doim olimlar YeIni tanlashi uchun harakat qiladi. Yevrokomissiya 2025-2027 yillar davomida Yevropaga yangi olimlarni jalb qilish uchun 500 million yevrolik paket ajratishini ma’lum qilishdan baxtliman», — deydi fon der Lyayyen.
Konferensiyada ishtirok etgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘z navbatida YeI davlatlari hukumatning biror narsa bo‘yicha tadqiqotlarni taqiqlash qobiliyatini nazarda tutuvchi «diktatura siyosatini rad etishini» ma’lum qildi. «Iqtisodiy modeli erkin ilm-fanga juda bog‘liq bo‘lgan bu buyuk jahon demokratiyasi... bunday xatoga yo‘l qo‘yishini hech kim tasavvur ham qila olmagandi», — deydi u Qo‘shma Shtatlarni nazarda tutib.
Rag‘batlantirish paketi AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatdagi universitetlar va tadqiqot markazlarini moliyalashtirishni qisqartirish borasidagi siyosati fonida e’lon qilindi. Aprel oyida AQSh Ta’lim vazirligi Harvard universitetini 2,2 milliard dollarlik davlat moliyalashtiriluvi hamda shartnomalar bo‘yicha 60 million dollardan mahrum qildi. Shuningdek, idora 2,7 million dollarlik ikkita grantni ham bekor qilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

09:46
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron

14:06 / 24.07.2025
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi

13:43 / 23.07.2025
Germaniya YeIdan tashqarida deportatsiya markazlari yaratishni qo‘llab-quvvatladi

12:19 / 23.07.2025