Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston bosh vaziri Hindiston hujumini «urush harakati» deb atadi
Shahboz Sharifning aytishicha, Islomobod «makkor dushmanning qo‘rqoq hujumlariga» javob beradi. Pokiston bosh vaziri Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini chaqirdi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif «ayyor dushman Pokistonning besh hududiga qo‘rqoqlarcha hujumlar uyushtirgani» va Islomobod bunga javob berishini aytdi. Bu haqda siyosatchi 7 may, chorshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Sharifning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston «Hindiston tomonidan o‘rnatilgan bu urush aktiga qat’iy javob berishga to‘liq haqli». Uning ta’kidlashicha, bunday javob «allaqachon berilgan». Bundan tashqari, Shahboz Sharif mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni ertalab soat 10 ga belgilangan Pokiston Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi.
Islomobod Hindistonga qarshi javob zarbasini berganini ma’lum qildi. Pokiston axborot vaziri Attaulla Tararning aytishicha, Pokiston Hindistonning ikkita qiruvchi samolyoti va bitta dronni urib tushirgan. Bundan tashqari, Pokiston tomoni Hindiston Qurolli kuchlari brigadasi shtab-kvartirasi va Kashmirdagi bo‘linish chizig‘i bo‘ylab Hindiston posti vayron qilingani haqida xabar berdi. Hindiston armiyasi bu da’volarni tasdiqlamadi.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026