Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Putin to‘xtaydi» deb o‘ylaydiganlar shunchaki ahmoq – Bayden
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden yanvar oyida Oq uyni tark etganidan keyin birinchi intervyusini berdi.
Foto: BBC
BBC nashri bilan suhbatda u Donald Tramp ma’muriyatining Kiyevni hududiy yon bosishga majburlash bo‘yicha urinishlarini 1930 yillarda Britaniya hukumati Adolf Hitlerga nisbatan olib borgan «tinchlantirish» siyosati bilan taqqosladi.
Baydenning ta’kidlashicha, Vladimir Putin butun Ukrainani Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydi, shuning uchun ham hududlarni boy berish orqali uni to‘xtataman deb o‘ylagan har bir kishi «shunchaki ahmoqdir».
«Men nega odamlar diktatorga, banditga o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni topshirish mumkin va bu uni qoniqtiradi, deb o‘ylashini tushunmayapman», dedi siyosatchi.
Sobiq prezident, shuningdek, AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar holatidan xavotirda ekanini va bu munosabatlarning buzilishi «dunyo tarixini o‘zgartirishini» aytdi. Bayden Trampning Panama kanali ustidan nazoratni qaytarish, Grenlandiyani qo‘lga kiritish va Kanadani 51-shtat qilish haqidagi chaqiriqlarini qoraladi.
«Nima bo‘lyapti o‘zi? Qaysi prezident buni aytgan? Biz erkinlik, demokratiya, imkoniyat tarafdorimiz, musodara qilish emas», dedi siyosatchi va hozirgi ma’muriyatning harakatlari Amerika qadriyatlarini aks ettirmasligini ta’kidladi.
Donald Tramp aprel oyida TIME jurnaliga bergan intervyusida 2014 yilda anneksiya qilingan Qrim Rossiya tarkibida qolishini aytdi. Amerika ommaviy axborot vositalari Tramp ma’muriyatining mojaroni hal qilish rejasida AQSh Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishi, shuningdek, Ukrainaning boshqa bosib olingan hududlari ustidan Rossiya nazoratini de-fakto tan olishi borligi haqida bir necha bor xabar bergan.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalarning qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
17:23 / 27.05.2026
Trampning «Tinchlik Kengashi» to‘rt oy ichida birorta rasmiy badal olmadi
10:25 / 27.05.2026