Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI AQSh tovarlariga 100 mlrd yevrolik yangi bojlarni tayyorlayapti
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yevropaliklar Vashington bilan savdo muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlansa, AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha boj joriy etishni rejalashtirmoqda.
Yevropa Ittifoqi AQShning 100 milliard yevroga yaqin tovarlariga qo‘shimcha savdo bojlari joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bryussel savdo mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar qoniqarli natijalarga olib kelmasa, shunday choralar ko‘rishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg 6 may, seshanba kuni Yevropa Ittifoqidagi manbalarga tayanib.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, 7 may kuni YeI mamlakatlariga yangi qarshi choralar tushuntiriladi. YeI doirasidagi maslahatlashuvlar taxminan bir oy davom etishi kutilmoqda, shundan so‘ng yangi tariflar joriy etiladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqining savdo bo‘yicha komissari Marosh Shefchovichning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlar bilan salbiy kelishuvni shoshilinch tarzda imzolash uchun bosim ostida qolmagan. «Biz o‘zimizni kuchsiz his qilmayapmiz», dedi u 6 may kuni Yevroparlamentdagi chiqishida. Shuning uchun, Yevropa komissariga ko‘ra, Bryussel o‘ziga nisbatan adolatsiz bo‘ladigan qaror qabul qilmasligi kerak.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026