Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O‘zbekiston prezidentini RF Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va hukumat raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin va hukumat raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.



Avvalroq Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyoboniga tashrif buyurib, marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026