Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya va Norvegiyada O‘zbekiston savdo uylari tashkil etiladi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston tadbirkorlari delegatsiyasining Shvetsiya, Norvegiya va Daniyaga biznes-missiyasi tashkil etildi.
Safar davomida Skandinaviyaning Matvärlden, Food Collective Company, Alwaid, Qlok Bygg AB, Exotic Fruits Company kabi yetakchi kompaniyalari va savdo tarmoqlari mutasaddilari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.
Tomonlar Shvetsiya bozoriga O‘zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng targ‘ib qilish, jumladan oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari bo‘yicha eksport shartnomalarini tuzish, savdo tarmoqlariga muzlatilgan va qadoqlangan meva-sabzavotlarni yetkazib berish, Shvetsiya va Norvegiyada O‘zbekiston savdo uylarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Biznes-missiya davomida o‘zbekistonlik tadbirkorlar Skandinaviya mamlakatlari bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlari va transport-logistika salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
09:05 / 29.05.2026