Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdi
Zelenskiy va Tramp AQSh prezidentining Rossiya prezidenti bilan suhbatidan so‘ng yana bir-biriga qo‘ng‘iroq qilishga kelishib oldi.

Foto: Getty images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Manbaga ko‘ra, suhbat Trampning Vladimir Putinga telefon qo‘ng‘irog‘i oldidan bo‘lib o‘tgan, buni AQSh prezidenti 17 may kuni e’lon qilgan edi. Zelenskiy va Tramp AQSh prezidentining Rossiya prezidenti bilan suhbatidan so‘ng yana bir-biriga qo‘ng‘iroq qilishga kelishib olgan.
Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining Istanbuldagi uchrashuvi oldidan Tramp tinchlik muzokaralarida «Putin va men uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi», dedi va keyin Rossiya prezidentiga «qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini» aytdi. 17 may kuni Tramp 19 may kuni Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishini ma’lum qildi.
18 may kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers Buyuk Britaniya, Fransiya va Polsha rahbarlari bilan birgalikda AQSh prezidentining Vladimir Putin bilan telefon muloqoti oldidan Donald Tramp bilan gaplashishini aytdi. Suhbat 19 may kuni ertalab bo‘lib o‘tdi va yetakchilar Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalarni muhokama qilishdi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, Putin Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasini yorib, Ukrainaning to‘rtta hududini to‘liq egallab olishiga ishonmoqda. Agentlik manbasiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Tramp bilan suhbatda rossiyalik qo‘shinlar Ukrainaning Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporojiye viloyatlarini to‘liq nazoratga olishiga ishonishiga asoslanadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22
-
«Bu tabiatga beshafqat munosabat» – deputat tadbirkor Murod Nazarovning taklifini tanqid qildi
O‘zbekiston | 17:16
-
Chiroyli emas – xavfsiz bo‘lsin: quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Jamiyat | 17:05
-
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

15:02
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor

14:41
Slovakiya Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini bloklashni to‘xtatdi

14:31
Rustem Umerov boshqa ishga o‘tdi

13:47