Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Chexiya elchisi Lubomir Frebort bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning Pragada elchixonasi ochilishi muhimligini, bu ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladilar. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari, jumladan, farmatsevtika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va transport sohalariga chex sarmoyalarini ko‘paytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, chex kompaniyalari O‘zbekiston transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishda, jumladan, Toshkent metropolitenini takomillashtirish va Urganchda tramvay yo‘nalishlarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Elchi, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishga qiziqish bildirar ekan, Toshkent va Karlovi Vari o‘rtasida haftada bir marta amalga oshiriladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys mavjudligini ta’kidladi. Bu esa Chexiyaga tashrif buyurishni xohlovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi imkoniyatlar ochib, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlarida faol aloqalarni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:22 / 26.05.2026