Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Foto: DXX
Unda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma ishchisi bo‘lgan shaxs Boyovut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga yuborish evaziga 12 800 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur turfirmaning 2 nafar xodimi ham fuqarolarning ishonchiga kirib, ziyoratga yuborish bahonasida ularning pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish mexanizmini joriy qilganliklari aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarning 2 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va ulardan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Marg‘ilon shahrida yashovchi shaxs Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Haj amallarini ado etish uchun muborak safarga yuborish evaziga 11 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:59 / 20.12.2025
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi
17:59 / 14.12.2025