Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi
Estoniyaning Tartu shahridagi qamoqxonasi to‘liq Shvetsiya ixtiyoriga o‘tadi. Buning evaziga qamoqxonadagi har bir o‘rin uchun Shvetsiya oyiga 8,5 ming yevro to‘laydi.
Shvetsiya Estoniya bilan mahbuslar uchun qamoqxona joylarini ijraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv sabab mamlakat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, deb yozmoqda SVT.
Shartnomaga muvofiq Estoniyaning Tartu shahridagi qamoqxonasi to‘liq Shvetsiya ixtiyoriga o‘tadi. U yerda Shvetsiya namunasi bo‘yicha jihozlanadigan 400 ta kameraga 600 nafar mahbus joylashtiriladi.
Qamoqxonada Estoniya qonunchiligiga rioya qilinadi, ammo ayrim istisnolar ham ko‘zda tutilgan, masalan, tashqi dunyo bilan aloqalarda. Adliya vaziri Gunnar Shtremmerning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdagi hibs shved qamoqxona tizimiga maksimal darajada o‘xshash bo‘ladi.
Qamoqxonadagi har bir o‘rin uchun Shvetsiya hukumati oyiga 8,5 ming yevro to‘laydi. Mamlakat ichida ham jinoyatchilarga saqlashga taxminan shuncha mablag‘ sarflanadi. Shvetsiya xodimlari hukm ijrosini kuzatish uchun Estoniya qamoqxonalarida bo‘ladi.
Tomonlar Shvetsiya qamoqxonalarida joy yetishmayotgani uchun shunday kelishuvga erishgan. Shartnoma joriy yozda imzolanadi, ilk mahbuslar esa Tartuga 2026 yil bahordan yuboriladi.
Sweden Herald nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Estoniyaga qotillik yoki jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo muddatini o‘tayotgan voyaga yetgan erkaklar yuboriladi. Tartudagi xodimlar ingliz tilida muloqot qiladi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
20:30 / 19.05.2026