Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada farzandlari tishini yaxshi tozalamagani uchun ota-ona 8 oyga qamaldi
«Jinoyat» alomatlari stomatolog qabulida aniqlangan. Oilardagi uch farzandning barchasini tishini kariyeslar qoplagan.
Shvetsiyada sud farzandlarining tishini yetarli darajada tez-tez tozalab turmagan ota-onani 8 oy muddatda qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi Aftonbladet portali.
Politsiya Shvetsiya g‘arbidagi Buros shahrida yashovchi oila bilan bolalar stomatolog qabuliga borganidan keyin qiziqishni boshlagan: qiz va ikki bolaning tishlarida kariyes borligi aniqlangan. Ayrim tishlarning holati juda yomon bo‘lganidan, ularni olib tashlashga to‘g‘ri kelgan.
Operatsiyadan keyin shifokor bolalarning tishlari holati bo‘yicha politsiyaga xabar bergan. Ota-ona o‘z aybini rad etgan, ammo sud ularni farzandlari tishiga yetarlicha e’tibor bermaganlikda aybdor deb topgan. Ularning har biri 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Shvedlarda tish bilan bog‘liq muammo qadimdan mavjud. Geteborg universiteti Odontologiya instituti olimlari va Vestergetland muzeyi eksperti vikinglar davrida yashagan 171 kishining 3293 ta tishini o‘rganib chiqqan. Ularning 49 foizini bir yoki undan ortiq tishida kariyeslar aniqlangan. Varnhem hududida yashagan katta yoshli vikinglarning 13 foizi tish tomirlariga ta’sir ko‘rsatuvchi kariyesdan aziyat chekkan.
Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, qoldiqlari o‘rganilgan odamlarning 6 foizga yaqini tishlaridan, jumladan, «aql tishlaridan» ham ayrilgan. Vikinglarda tishsiz qolish ehtimoli yosh ulg‘aygan sari oshib borgan. Karolin Bertilssonning ta’kidlashicha, vikinglar tish cho‘tkalaridan foydalangan va infeksiyalangan tishlarni davolagan. Og‘riqni kamaytirish uchun ular tishlarini milkka qadar egovlagan.
Mavzuga oid
23:00
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
18:41 / 28.03.2026