Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Maskning ta’kidlashicha, yangi partiya «amerikaliklarning 80 foizining markazchi qarashlarini» ifodalashi mumkin.
Foto: Cbsnews
Amerikalik tadbirkor va Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask Qo‘shma Shtatlarda yangi siyosiy kuch — «Amerika partiyasi»ni tashkil qilish niyatida ekanini aytdi.
Bu haqda milliarder X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishmovchiliklar ortidan ma’lum qildi.
Maskning ta’kidlashicha, yangi partiya «amerikaliklarning 80 foizini markazchi qarashlarini» ifodalashi mumkin.
«Qo‘shma Shtatlarda 80 foiz mo‘’tadil ko‘pchilikni haqiqiy ifodalovchi siyosiy partiya yaratish vaqti keldimi?», deb so‘radi u obunachilardan.
Mask tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rov shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning 80,4 foizi yangi siyosiy kuch yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan, 19,6 foizi esa qarshi chiqqan.
«Xalq o‘z fikrini aytdi. Qo‘shma Shtatlarga mo‘’tadil ko‘pchilikni ifodalovchi yangi partiya kerak. 80 foiz odam bunga rozi. Bu taqdir», deb yozdi Mask ovoz berish natijalarini sharhlar ekan.
Avvalroq, Mask Tramp va’da qilgan soliq imtiyozlarini amalga oshirishga qaratilgan qonunini tanqid qilgandi. Bunga javoban Tramp uni aqldan ozganlikda aybladi. Shundan so‘ng, ikkalasi o‘rtasida o‘zaro ayblovlar bilan ommaviy mojaro kelib chiqdi.
Mavzuga oid
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26 / 05.05.2026
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026