Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi
«O‘zenergoinspeksiya» Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Yangiariq tumanida joylashgan «N.» xususiy korxonasiga qarashli AYoQSh tomonidan sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin hamda dizel yonilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasi 940-sonli qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 6,7 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llandi.

Jizzax viloyatidagi «V.O.» MChJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida ham dizel yonilg‘isi davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026