Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi
Joriy yilning 9 iyun kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.
Shuningdek, shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi ko‘zda tutildi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, sudyalarning muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi belgilandi.
Shuningdek, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatildi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026