Daniya va Fransiya rahbarlari Grenlandiya suverenitetini yana bir bor tasdiqladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen orolga qo‘shma tashrifi chog‘ida Grenlandiya suverenitetiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Foto: Mads Claus Rasmussen/Ritzau Scanpix via AP/picture alliance
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen 15 iyun, yakshanba kuni Daniya avtonom viloyatining poytaxti Nuuk shahriga qo‘shma tashrifi chog‘ida Grenlandiya xalqi bilan birdamlik va uning suverenitetiga sodiq ekanini bildirdi.
«Avvalo, men Daniya, Grenlandiya va grenland xalqiga Yevropa birdamligi va Fransiyaning qo‘llab-quvvatlash xabarini yetkazmoqchiman», — deya Makron so‘zlarini keltiradi dpa. Fransiya rahbari shunday davom etdi: «Fransiyada va Yevropa Ittifoqida hamma Grenlandiyani sotib olish yoki oddiygina tortib olish mumkin emas deb hisoblaydi».
Mette Frederiksenning aytishicha, Makronning Grenlandiyaga tashrifi Yevropa birligi va har bir davlatning demokratiya, erkinlik va hududiy yaxlitligi hamda o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilishdagi qat’iyati ko‘rsatkichidir. Uning qo‘shimcha qilishicha, «NATO bo‘yicha yaxshi ittifoqchilar» bilan birgalikda mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Kopenhagen, uning so‘zlariga ko‘ra, Arktikada xavfsizlikni ta’minlash uchun Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor, biroq bu «hamkorlik, albatta, hurmat asosida amalga oshirilishi kerak».
Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddati boshida bildirgan Grenlandiyani AQShga qo‘shib olish istagi haqidagi bayonotlar fonida Makron shu kunlarda Kanadada bo‘lib o‘tayotgan «Yettilik guruhi» sammiti chog‘ida Amerika yetakchisi bilan muzokaralar olib bormoqchi ekanini aytdi. «Men optimistman, chunki provokatsiya va qarama-qarshiliklarga emas, balki hamkorlikka asoslangan yaxshiroq kelajakni qurish yo‘li borligiga ishonaman», — deya xulosa qildi Fransiya prezidenti.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

22:06 / 27.06.2025
Daniyada foydalanuvchilarga dipfeyklarga qarshi kurashish huquqi beriladi

07:31 / 27.06.2025
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

13:41 / 26.06.2025
Fransiyaga to‘fon yopirildi. Halok bo‘lganlar bor

23:20 / 21.06.2025