Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
Bu jumladan, fuqarolari AQShdagi terrorchilik harakatlarida yoki «antisemit va antiamerika harakatlarida» ishtirok etgan davlatlar ham, deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.

Foto: Carlos Moreno/Anadolu/picture alliance
Donald Tramp ma’muriyati fuqarolari AQShga kirishi to‘liq yoki qisman taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 15 iyun, yakshanba kuni AQSh Davlat departamentining davlat kotibi Marko Rubio imzolagan ichki diplomatik telegramma matniga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Telegrammada aytilishicha, agar 60 kun ichida Vashington xavotirlari sabablarini bartaraf qilmasa, 36 «tashvishga sabab bo‘luvchi» davlat cheklovlarga duchor bo‘lishi mumkin. Xususan, ayrim mamlakatlar fuqarolari AQShdagi terrorchilik harakatlarida yoki «antisemit va antiamerika harakatlarida» qatnashgan», deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.
Ro‘yxatdagi boshqa davlatlar AQSh ma’muriyati xohlaganidek o‘z fuqarolarini AQShdan chiqarib yuborishga yordam bermagan yoki «ishonchli shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berish uchun vakolatli yoki hamkorlik qiluvchi hukumatga ega emas», deya ta’kidlagan idora. Yana boshqa ba’zi davlatlar tomonidan berilgan pasportlar Vashington tomonidan «shubhali» deb baholanadi.
Fuqarolari ikki oydan so‘ng AQShga kirishi to‘liq yoki qisman taqiqlanishi mumkin bo‘lgan 36 ta davlat: Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Burkina-Faso, Butan, Vanuatu, Gabon, Gambiya, Gana, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Dominika, Misr, Zambiya, Zimbabve, Kabo-Verde, Kamboja, Kamerun, Kot-d'Ivuar, Qirg‘iziston, Liberiya, Mavritaniya, Malavi, Niger, Nigeriya, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Suriya, Tanzaniya, Tonga, Tuvalu, Uganda, Efiopiya va Janubiy Sudan.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi AQSh elchixonasi konsulidan izoh so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:06
-
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 15:05
-
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga
O‘zbekiston | 15:00
-
BMT: Dronlar Ukrainadagi urushda tinch aholini tobora ko‘proq nishonga olmoqda
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

15:05
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin

14:19
AQSh va Xitoy savdo bitimini imzoladi

09:14
AQSh davlat kotibi G7 TIV rahbarlari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

08:09