Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Hindistonning Gujarat shtatidagi Parul universitetida xalqaro talabalarga diplom topshirish marosimida ishtirok etdi.
Xalqaro tadbir doirasida Namangan davlat pedagogika institutining o‘quv salohiyati va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari taqdim qilindi.
O‘zbekiston vakillari Parul universitet rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, ikki oliy bilim yurti o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashishni yo‘lga qo‘yish, yangi qo‘shma o‘quv dasturlarini yaratish, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirish, birgalikda ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi sheriklik yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari hindistonlik yoshlarni Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Parul universiteti fakultetlari, ilmiy laboratoriyalari, kutubxonalari faoliyati hamda xalqaro talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
09:35 / 04.07.2026