Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi
U hamon Eronning so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilishini ta’kidladi.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘yganini aytdi. U hamon Eronning so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilishini ta’kidladi.
«Hammasi oddiy - Tehron taslim bo‘lishi kerak», dedi Tramp.
U agar Eron bu talabni rad etsa, AQSh Eronning harbiy va yadroviy inshootlariga zarba berishi bilan tahdid qildi va amerikaliklar bu mamlakat osmonini to‘liq nazorat qilayotganini eslatdi.
«Shunda biz barcha yadroviy narsalarni portlatib yuboramiz, ular Eron bo‘ylab joylashtirilgan», dedi Tramp.
Uning fikricha, Eronning «niyati yomon», chunki «40 yildan beri ular Amerikaga, Isroilga va o‘zlari yoqtirmagan odamlarga o‘lim tilamoqda».
Tramp, shuningdek, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda yordam berishni taklif qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vositachiligidan bosh tortganini aytdi.
«Men unga aytdim: menga bir iltifot qil – o‘zingga vositachi bo‘l... Vladimir, kel, avvalo Rossiya bilan shug‘ullanaylik. Eron bilan keyinroq shug‘ullanishing mumkin», dedi Tramp. AQSh prezidenti tezroq tugatilishi tarafdori bo‘lgan Ukrainadagi urushni nazarda tutganini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi
Jahon | 15:24
-
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi
Jahon | 15:12
-
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
O‘zbekiston | 15:00
-
Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga bo‘lgan talablar kuchaytirildi
O‘zbekiston | 14:47
Mavzuga oid

15:24
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi

15:12
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi

13:56
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

13:50