Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi
O‘zgidromet 2 iyuldan boshlab janubdan juda issiq havo massalari kirib kelishi, issiq harorat asta-sekin ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Respublika shimolida 2 va 3 iyul kunlari, cho‘l hududlarda 3 va 4 iyul kunlari, respublikaning qolgan hududlarida 4 iyulda va ba’zi joylarda 5 iyulda eng issiq kunlar kuzatiladi.
Ushbu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
Aholidan Sog‘liqni saqlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etib borilayotgan jazirama kunlari amal qilinishi kerak bo‘lgan hamda issiq urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishlarini so‘raymiz, dedi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev.