Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
U pora sifatida berilgan pulning bir qismini plastik kartasiga olgani ma’lum bo‘ldi.
Davlat xavfsizlik xizmati Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlangani yuzasidan tafsilotlarni ma’lum qildi.
«Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqal’a tuman sudida ko‘rilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qiladi.
Shundan so‘ng, tergov sudyasi 2 ming AQSh dollarini naqd pulda va 24 mln so‘mni esa plastik karta orqali oladi.
Ammo bergan va’dasining ustidan chiqmagan sudya olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olindi», deyiladi xabarda.
Hozirda Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026