Oliy sud rayosati «Fuqarolik işlari böyiça sudlarda mehnat nizolarini körişga ixtisoslaşgan sudyalar korpusini şakllantiriş haqida» qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, fuqarolik işlari böyiça sudlarning mavjud ştat birliklari doirasida 2026 yil 1 avgustdan mehnat nizolarini körişga ixtisoslaşgan sudyalar faoliyat yuritadi.

Yangi tartibga köra, Oliy sudning fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atida mehnat nizolari böyiça 4 nafar sudya faoliyat körsatadi.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlarining fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atlarida 3 nafardan ixtisoslaşgan sudya işlaydi.

Tumanlararo va şahar sudlarida ham mehnat nizolarini köriş uçun alohida sudyalar ajratiladi. Jumladan, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarşi, Karmana, Namangan, Termiz, Farğona va Urganç tumanlararo sudlarida 2 nafardan, Samarqand şahar sudida 2 nafar, Kattaqörğon, Örta Çirçiq va Yangiyöl tumanlararo sudlarida 1 nafardan, şuningdek, Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek, Mirobod, Şayxontohur, Uçtepa va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida 2 nafardan sudya mehnat nizolariga ixtisoslaştiriladi.

Qarorga asosan, 2026 yil 1 avgustdan keyin sudlarga kelib tuşgan mehnat nizolariga oid barça arizalar aynan ixtisoslaşgan sudyalar örtasida taqsimlanadi.

Ayni paytda, 2026 yil 31 iyulgaça sudlarga kelib tuşgan, şu jumladan iş yurituviga qabul qilingan işlar avvalgi tartib asosida körib çiqilib, yakunlanadi.