Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi
Tergov Tallindagi Slava Ukraina restoraniga o‘t qo‘yish Rossiya harbiy razvedkasi buyrug‘i bilan amalga oshirilganini da’vo qilmoqda. Ayblanuvchilardan biri 6,5 yilga, ikkinchisi 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
2 iyul, chorshanba kuni Xaryu uyezd sudi 2025 yil yanvar oyi oxirida Tallindagi Slava Ukraina («Slava Ukraina») restoraniga o‘t qo‘yishda ayblangan ikki Moldova fuqarosiga hukm chiqardi. Tergovning ta’kidlashicha, bu qo‘poruvchilik Rossiya harbiy razvedkasi – Qurolli kuchlar Bosh shtabi bosh boshqarmasi (GU, sobiq GRU) buyrug‘i bilan uyushtirilgan, deb xabar bermoqda ERR mahalliy nashri. «Tergov 2023 yildan beri GRU vakillari Boltiqbo‘yi davlatlarida provokatsiyalar va qo‘poruvchiliklarni tizimli ravishda tayyorlash va uyushtirishni boshlaganini aniqladi», — deyiladi nashrda. Bunday xatti-harakatlarning maqsadi, jumladan, «ramziy ahamiyatga ega obektlarga zarar yetkazish va davlatga bo‘lgan ishonchni buzish» edi.
Restoranga o‘t qo‘yish ishi bo‘yicha Estoniya davlat prokuraturasi bir xil ism-familiyali Moldova fuqarolari - Ivan Kixayalga qarshi ayblov qo‘ydi. 1992 yilda tug‘ilgan kichigi GRU foydasiga josuslik va sabotajda, 1987 yilda tug‘ilgan kattasi birovning mulkiga zarar yetkazganlikda ayblangan. Ikkalasi ham tergov bilan kelishuvga erishdi. Kichik Ivan Kixayal 6,5 yilga, kattasi esa 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Ikkalasi ham 12 fevral kuni Italiyada hibsga olingan, so‘ngra Estoniyaga ekstraditsiya qilingan.
Boltiqbo‘yi mamlakatlarida diversiyaga tayyorgarlik doirasida katta Kixayal 2024 yil dekabr oyida GRUdan Estoniyaning Osula qishlog‘idagi COOP do‘koniga o‘t qo‘yish to‘g‘risida buyruq oldi, bu 2025 yil 17 yanvarda amalga oshirildi. Buning uchun 1975 dollar (taxminan 1700 yevro) kriptohamyonga o‘tkazilgan.
O‘sha oyning oxirida Tallindagi Slava Ukraina restoraniga o‘t qo‘yish uning navbatdagi vazifasi edi. Restoran egalarining ukrainaparast pozitsiyasi tufayli maxsus tanlangan, deb yozadi ERR. 31 yanvarga o‘tar kechasi katta Kixayal oynani sindirib, kanistradagi yonilg‘ini to‘kkan va binoga o‘t qo‘ygan, kichigi esa voqealarni videoga olgan. O‘t qo‘yish videosi 2 fevral kuni YouTube ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi, bu, tergovga ko‘ra, operatsiyaning tashviqot xarakteridan dalolat beradi.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
20:30 / 19.05.2026