Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi
Iqtisodiyot va moliya vazirining «Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Dastlabki qarorni olish uchun manfaatdor shaxs erkin muomalaga chiqarish (import), vaqtincha olib kirish va eksport bojxona rejimlariga bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishdan oldin bojxona organlariga murojaat qiladi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Bojxona imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi NHH bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning tushuntirishlari yoki rasmiy sharhini olish zaruriyati mavjud bo‘lganda, arizani ko‘rib chiqish muddati qo‘shimcha bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Dastlabki qaror bojxona organi rahbari (o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Shundan so‘ng arizachi bojxona yig‘imini to‘laydi va qarorning elektron yoki qog‘oz shaklini oladi.
Mavzuga oid
11:44 / 04.12.2025
O‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
11:43 / 01.12.2025
O‘zbekiston eng ko‘p Xitoy va Rossiyadan mahsulot import qilmoqda
11:26 / 29.11.2025
O‘zbekistonda ingliz huquqi amal qiladigan xalqaro IT-markaz tashkil etildi
12:45 / 26.11.2025