O‘zbekiston | 14:23 / 05.07.2025
967
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi

Mamlakat elchixonasi (qarorgohi Stokholm shahrida joylashgan) ko‘magida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasining Daniyaga xizmat safari tashkil qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari safar davomida Daniya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat kengashi, Daniya ta’sir fondi (IFU) mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda veterinariya, chorvachilik, sertifikatsiya va kadrlar tayyorlash sohasida kooperatsiya, yangi loyihalar ishlab chiqish va tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.

Shuningdek, UNIBIO kompaniyasining Innovatsiya markazi va Viking Genetics korxonasining ishlab chiqarish bazasida bo‘lib, mazkur tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

UNIBIO kompaniyasi bosh menejeri bilan kechgan muloqot chog‘ida mamlakatda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Viking Genetics kompaniyasining veterinariya bo‘yicha rahbari muloqot chog‘ida naslchilik sohasida tajriba almashinish, seleksiya markazini tashkil etish va chorvador-fermerlar malakasini oshirish loyihalarini ishlab chiqish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari uchun Viking Genetics laboratoriyalarida qisqa muddatli o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishga ahdlashildi.

Mavzuga oid