Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi osonlashtiriladi
Germaniya Sharqiy Yevropa iqtisodiy aloqalar qo‘mitasiga ko‘ra, malakali ishchi kuchi, xomashyo, raqamlashtirish va texnik tartibga solish kabi bir qator yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi izchil rivojlanmoqda.
"Malakali ishchilar, xomashyo, investitsiyalar va standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni tartibga soluvchi qator ikki tomonlama kelishuvlar natijasida, bugun Germaniya biznesining Markaziy Osiyoning eng ko‘p aholiga ega mamlakati bilan aloqalari tobora keng qamrovli va mustahkam bo‘lib bormoqda", – deydi Iqtisodiy aloqalar Sharqiy qo‘mitasi boshqaruvchi direktori Mixael Xarms.
Ta’kidlanishicha, Dyusseldorf Savdo-sanoat palatasida Germaniya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining (DUWIRAT) 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning 100 ga yaqin biznes vakillari ishtirok etdi. DUWIRAT– Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida 2015 yilda tashkil etilgan ikki tomonlama platformadir.
Ma’lum qilinishicha, Sharqiy Yevropa iqtisodiy aloqalar qo‘mitasi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida texnik standartlar va normalarni uyg‘unlashtirish sohasida hamkorlik kelishuvi imzolangan.
"Ushbu kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad normativ to‘siqlarni kamaytirish va nemis kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishini osonlashtirishdir", – deyiladi qo‘mita xabarida.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026