Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi
Yoshlar soni eng kam bo‘lgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya va Germaniya kabi mamlakatlar kelajakda turli muammolarga duch kelishi mumkin.
Visual Capitalist portali 18 yoshgacha bo‘lgan aholi ulushi eng kam mamlakatlar reytingini tuzdi.
36 ta davlatdan iborat ro‘yxatni Hongkong boshqarib turibdi. U yerda aholi sonidagi bolalar ulushi 12,6 foizni tashkil qiladi. Ma’lumotlar BMT «Jahon aholisining istiqbollari» hisobotidan olingan.
Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (12,9 foiz) va Yaponiya (14 foiz) egallagan. Tayvan (14 foiz) va Singapur (14,4 foiz) ham yuqori beshlikka kirgan.
Yevropa mamlakatlari orasida Italiya (14,6 foiz), Portugaliya (15,6 foiz), Ispaniya (15,8 foiz), Gretsiya (16,1 foiz) va Germaniyada (16,6 foiz) vaziyat yaxshi emas.
Ta’kidlanishicha, kam sonli yoshlarga ega mamlakatlar uzoq muddatli oqibatlarga, jumladan ishchilarning kamayishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga duch keladi. Demografik «burilish» bo‘lmasa, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy turg‘unlik va ijtimoiy keskinlikka duchor bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026