Jahon | 16:17 / 07.07.2025
1715
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

Budapeshtdan janubi-sharqdagi yo‘lda Ukraina davlat raqamlariga ega avtobus ag‘darilib ketdi. 19 kishi, jumladan, 17 bola jarohatlangan.

Foto: index.hu

Vengriyada ukrainalik bolalarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Oqibatda 17 nafar bola va ikki katta yoshli kishi jarohatlangan, ikki nafar bola og‘ir ahvolda, deb xabar qildi Ukraina TIV matbuot xizmati 6 iyul, yakshanba kuni. Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonalarga yotqizilgan, qolgan 49 nafar yo‘lovchi vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlangan.

Voqea Budapeshtdan janubi-sharqda joylashgan Kunsentmarton va Tisafeldvar shaharlari o‘rtasida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Ukrainaning Vengriyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi. Unga ko‘ra, zarar ko‘rgan avtobus Ukrainada ro‘yxatdan o‘tgan. Elchi Fedor Sandor va konsullar voqea joyiga yetib bordi.

Shuningdek, elchixonaning xabar berishicha, avtobus noma’lum sharoitda yo‘ldan chiqib ketib, yon tomoniga qulagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid