Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi
Politsiya ta’qibidan qochgan erkak uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib qolgan. Bu vaqtda harakatlanib kelayotgan samolyotning dvigateli uni o‘z ichiga tortib ketgan.
Italiyaning Bergamo aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagida baxtsiz hodisa yuz berdi — erkakni samolyot dvigateli tortib ketdi, deb xabar beradi Corriere della Sera.
Qayd etilishicha, noma’lum erkak politsiya ta’qibidan qochayotgan bo‘lgan. U mashinasini tashlab, aeroportning birinchi qavatidagi kutib oluvchilar zonasiga kirgan va xavfsizlik eshigi orqali uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib borgan.
«Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak yuklar topshiriladigan hududdagi eshikni buzib, uchish-qo‘nish yo‘lagiga yugurgan va parvozga tayyorlanayotgan samolyot yo‘lidan chiqib qolgan», - deyiladi xabarda.
Samolyot dvigatelining aylanayotgan ulkan parraklari bir zumda erkakni o‘z ichiga tortib ketgan va u halok bo‘lgan. Shundan so‘ng samolyot boshqaruvni yo‘qotgan, ammo uchuvchi havo kemasi harakatini o‘z vaqtida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu voqeadan keyin aeroport vaqtincha yopilgan, barcha reyslar bekor qilingan.
Mavzuga oid
09:08
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026