Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi
Vertolyot bortida besh kishi bo‘lgan. Ularning ikki nafari ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Malayziyada o‘quv mashg‘uloti vaqtida ichida qirollik politsiyasining besh nafar xodimi bo‘lgan vertolyot Pulay daryosiga qulab tushdi. Bu haqda mahalliy Astro Awani telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Gelang-Patax kurort shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Dengiz politsiyasi jabrlanuvchilarni suvdan evakuatsiya qilgan va tibbiyot xodimlariga topshirgan.
Ularning ikki nafari ahvoli og‘ir, shifokorlar jabrlanuvchilar hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Qolgan politsiyachilar ham jarohat olgan, ammo u qadar jiddiy emas.
«Vertolyot Tanjung-Kupang politsiya uchastkasidan soat 09:51 da ko‘tarilgan, avariya esa Malayziya dengiz qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash agentligi prichali yaqiniga soat 10:25 larda qulab tushgan», - deydi politsiya inspektori Muhammad Holid.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya Transport vazirligi huzuridagi Aviatsiya hodisalarini tergov qilish byurosi hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov olib boradi.
Avvalroq Hindiston Harbiy-havo kuchlariga tegishli Jaguar samolyoti o‘quv parvozi vaqtida Rajaston shtatiga qulab tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
08:49 / 15.06.2026