Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi
Meta jamoasi a’zosiga aylangan Ruoming Pang Appleʼda sun’iy intellekt modellarini yaratish bilan shug‘ullangan xodimlarni boshqargan.
Meta Apple kompaniyasining sun’iy intellekt modellarini yaratish bo‘yicha 100 kishilik jamoaga rahbarlik qilgan Ruoming Pangni ishga yolladi. Bloombergʼning yozishicha, Meta buning uchun 200 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
Agentlikning kelishuv tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan manbalarga ko‘ra, Meta sun’iy superintellekt ustida ishlayotgan jamoasining yangi a’zolari uchun rekord darajadagi shartlarni taklif qilgan. Xususan, Apple kompaniyasining sobiq yetakchi muhandisi Ruoming Pang bilan 200 million dollarlik shartnoma tuzgan.
Qayd etilishicha, ilgari Appleʼning sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish bo‘limini boshqargan Ruoming Pang Meta kompaniyasiga ko‘p yillik kelishuv doirasida qo‘shilgan.
Unga taklif qilingan kompensatsiya shu qadar yuqoriki, Apple mutaxassis uchun raqobatlashmagan — bunday to‘lovlar kompaniya rahbarlari maoshlaridan oshib ketadi.
Shu bilan birga, Apple muhandisining shartnoma shartlari kompaniyaning yangi jamoasidagi boshqa a’zolar darajasiga mos keladi.
Jamoaga GitHub’ning sobiq rahbari Net Fridman va tadbirkor Deniel Gross ham qo‘shilgan. Bundan tashqari, Meta Scale AI startapining 49 foizini 14,3 milliard dollarga sotib olgan va uning hammuassisi Aleksandr Vangni sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha direktor etib tayinlagan.
Mavzuga oid
18:16
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
11:18 / 14.06.2026